Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Pochettino nima uchun Messidan ko‘ra Maradonani yuqori qo‘yishini tushuntirdi

Pochettino nima uchun Messidan ko‘ra Maradonani yuqori qo‘yishini tushuntirdi

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Diyego Maradona va Lionel Messini o‘zaro qiyosladi.

«Buni solishtirish men uchun adolatdan emas. Chunki mening Maradona bilan hissiy bog‘liqligim bor. Messi bilan esa hech qachon bunday bo‘lmagan. Yoshlik chog‘imda o‘z kumirim va qahramonimni ko‘rganimda, o‘rtada o‘ziga xos hissiy rishta paydo bo‘lgan. Messi bilan uchrashganimda esa yoshim 50 dan oshgan edi. Bu yoshda inson voqealarga boshqacha nigoh bilan qaraydi. Albatta, men uchun ularning ikkalasi ham tarixdagi eng yaxshi 5 nafar futbolchi qatoriga kiradi. Ularni o‘zaro qiyoslash imkonsiz. Messi qilayotgan ishlar hayratlanarli, xuddi o‘z vaqtida Maradona qilgan ishlar kabi», — dedi Pochettino Garri Nevillning «Stick to Football» podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Messi bilan 2022 yilda, Maradona bilan esa 1986 yilda jahon chempioni bo‘lgan.

Kiritildi: 09:06, 01.05.2026.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик