Xorijda to‘p surayotgan eng yaxshi fransuz futbolchisi nomiga da’vogarlar aniqlandi.
The Touchline nashrining xabar berishicha, kuchli beshlikdan Kilian Mbappe («Real Madrid»), Maykl Olise («Bavariya»), Rayan Sherki («Manchester Siti»), Vilyam Saliba («Arsenal») va Ugo Ekitike («Liverpul») joy oldi.
Ushbu sovrinning amaldagi sohibi — Mbappe. «Qaymoqranglilar» hujumchisi Karim Benzemadan keyin ushbu sovrinni ketma-ket ikki yoki undan ko‘p marta qo‘lga kiritgan ikkinchi futbolchiga aylanishi mumkin. Hozirda Saudiyaning «Al-Hilol» jamoasi sharafini himoya qilayotgan 38 yoshli Benzema 2019 yildan 2023 yilga qadar ketma-ket to‘rt bor ushbu mukofot bilan taqdirlangan edi.













