«Benfika» klubi mavsum yakunlanganidan so‘ng «Real»ni boshqarishi kutilayotgan Joze Mourinyoning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini aniqlab oldi.
Lissabonliklar «Flamengo» bilan Libertadores kubogi, shuningdek, Braziliya chempionati, kubogi va superkubogida zafar quchgan sobiq murabbiy Filipe Luis nomzodini ko‘rib chiqishmoqda.
Shuningdek, «Benfika»ning kengaytirilgan ro‘yxatidan Ruben Amorim («Manchester Yunayted» va «Sporting» sobiq murabbiyi) hamda Marku Silva («Fulxem») joy olgan.













