Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Real» Andrey Luninning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan norozi

«Real» Andrey Luninning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan norozi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozabon Andrey Luninning imkoniyatlariga shubha bilan qaray boshladi. Madrid Xtra nashrining Diario AS ga tayanib xabar berishicha, klub rahbariyati posbonning joriy mavsumdagi sport formasidan xavotirda. Ta’kidlanishicha, u Tibo Kurtua jarohat olgan davrda uning o‘rnini bosishda o‘zini eng yaxshi tomonlama ko‘rsata olmagan.

Endilikda Andrey Luninning «Real»dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. 27 yoshli darvozabon joriy mavsumda madridliklar safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan jami 21 ta gol olib chiqdi va biror marta ham o‘yinni «quruq» o‘tkaza olmadi. Futbolchining La Liga grandi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:17, 01.05.2026.
O'qildi: 399 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик