Belgiyalik futbolchi Radja Nainggolan murabbiy Luchano Spalletti va uning «Yuventus»ini maqtadi. 37 yoshli yarim himoyachining so‘zlariga ko‘ra, agar amaldagi bosh murabbiy mavsum boshidanoq o‘z lavozimida bo‘lganida, «byankonerilar» uchun hammasi ancha yaxshi kechgan bo‘lardi.
«Men Spallettini yaxshi ko‘raman — uning o‘yin uslubi, jamoa bilan ishlashi va gapirish tarzi uchun. Aynan «Yuventus» hozirda Italiyada eng yaxshi futbol namoyish etmoqda. Agar Luchano jamoani mavsum boshlanishidan oldin qabul qilib olganida, hozir «Yuve» «Inter» bilan skudetto uchun kurashayotgan bo‘lardi», — deya jurnalist Nikolo Skira Nainggolanning so‘zlarini keltirmoqda.
Luchano Spalletti oktyabr oyi oxirida iste’foga chiqarilgan Igor Tudorning o‘rnini egallab, «Yuventus» boshqaruvini qo‘lga olgan edi.













