«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yaqin orada yangi shartnomaga qo‘l qo‘yadi. Ispaniya OAVlari tarqatgan bu ma’lumotni endilikda nufuzli insayder Fabrisio Romano ham tasdiqladi.
Germaniyalik mutaxassisning yangi kelishuvi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi. Shuningdek, shartnomaga uni yana 12 oyga avtomatik tarzda uzaytirish bandini kiritish ham rejalashtirilgan. Yaqin vaqt ichida 61 yoshli murabbiyning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Pini Zaxavi Kataloniya klubi bilan muzokaralar o‘tkazadi — tomonlar kelishuvning so‘nggi detallarini hal qilishga harakat qilishadi.
Flik 2024 yilning yozida Xavi Ernandesning o‘rnini egallab, «Barselona» bosh murabbiyi lavozimida ish boshlagan edi.













