«Milan» sport direktori Igli Tare Zlatan Ibrahimovich bilan muloqoti haqida gapirib berdi.
«Ikkimiz ham Bolqondanmiz, shu sababli ba’zi narsalarni yuzga ochiq aytish kerakligini tushunamiz. Muloqotimiz erkakchasiga va juda samimiy», — deya Tarening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, hozirda «Milan» A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Kelayotgan dam olish kunlarida klub «Sassuolo»ga qarshi maydonga tushadi.
Igli Tare o‘tgan yildan beri klubda faoliyat yuritmoqda, u millatiga ko‘ra alban.













