Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Slot: «MYU» Kerrik qo‘l ostida natijalar barqarorligiga erishdi»

Slot: «MYU» Kerrik qo‘l ostida natijalar barqarorligiga erishdi»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot «Manchester Yunayted»ning joriy mavsumdagi o‘yinlarini yuqori baholadi.

3 may kuni jamoalar APL doirasida «Old Trafford» stadionida o‘zaro to‘qnash keladilar.

«O‘tgan mavsumda mankunianliklarga qarshi o‘ynaganimizda, ular turnir jadvalida hozirgidek yuqori o‘rinda emas edilar. Ammo o‘shanda ham men ularning futbolchilari egallab turgan o‘rinlaridan ko‘ra ancha kuchliroq ekanini aytgandim.

Ular transfer oynasida bir nechta xaridlarni amalga oshirishdi va bu nihoyat ularning o‘yinchilari qanchalik mahoratli ekanini ko‘rish imkonini berdi.

Biz ularning haqiqatan ham kuchli ekanini doim bilardik, endi esa bu turnir jadvalida ham aks etmoqda. Ehtimol, ularning haftada faqat bir marta o‘yin o‘tkazayotganliklari kichik ustunlik berayotgandir.

Ayniqsa, Maykl Kerrik boshchiligida ular natijalar borasida barqarorlikka erishdilar», — dedi Arne Slot.

Kiritildi: 15:10, 01.05.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик