Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Kompani: «PSJ» bilan o‘yindagi 4:5 hisobi — kutilgan natija edi»

Kompani: «PSJ» bilan o‘yindagi 4:5 hisobi — kutilgan natija edi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliga doirasidagi «Xaydenxaym»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida 28 aprel kuni Chempionlar ligasida «PSJ»dan qabul qilingan mag‘lubiyat (4:5) haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Men doim ham hamma narsani oq yoki qora deb hisoblamayman. Men uchun Parijda sodir bo‘lgan voqealar mantiqiydir.

Albatta, men gol o‘tkazib yubormaslikni xohlardim — bu bizning doimiy vazifamiz. Masalan, Germaniya Kubogi doirasidagi «Bayer»ga qarshi o‘yinda (2:0) buni a’lo darajada uddalagan edik.

Agar «PSJ» bilan o‘yinda sodir bo‘lgan voqealarni mantiqan tahlil qilsak, bu to‘liq kutilgan natija edi.

Biz g‘alaba qozonishni va buning uchun qo‘limizda bor vositalardan foydalanishni istaymiz. Bu mantiqan to‘g‘ri. Eng muhimi — shu yo‘l bilan g‘alaba qozonish mumkinligiga bo‘lgan ishonchdir.

Biz yutqazishni istamaymiz. Lekin bu bizni yanada kuchli qiladi. «PSJ» hech qachon o‘ziga Chempionlar ligasida g‘alaba olib kelgan o‘yin uslubini o‘zgartirmagan», — dedi Vensan Kompani.

Kiritildi: 15:19, 01.05.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик