Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

“34-yillik orzu”: UZCARD ko‘magida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga yo‘li haqida hujjatli serial

“34-yillik orzu”: UZCARD ko‘magida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga yo‘li haqida hujjatli serial

Baho:
+ | -

UZCARD milliy to‘lov tizimi Rocket Production tomonidan yaratilgan “34-yillik orzu” hujjatli serialiga hamkor bo‘ldi. Ushbu keng ko‘lamli loyiha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga olib boruvchi yo‘lini yoritadi.

Serial 1990-yillarda Jahon chempionatiga chiqish uchun ilk urinishlardan tortib, hozirgi kun saralash bosqichlarigacha bo‘lgan 30 yildan ortiq davrni qamrab oladi. Har bir qism alohida saralash bosqichiga bag‘ishlanib, futbolchilar, murabbiylar, muxlislar va kadr ortida qolgan jamoa ishtirokchilari hikoyalari orqali ochib beriladi.

Loyiha asosini noyob arxiv materiallar, zamonaviy texnologiyalar yordamida tiklangan 200 dan ortiq o‘yin hamda shaxsiy hikoyalar tashkil etadi. Bu — terma jamoa bilan birgalikda g‘alaba va mag‘lubiyatlarni va yillar davomida umidli onlarni boshdan kechirgan avlodlar tarixi.

Serialda futbolchilar va murabbiylarning taqdirlari, muhim o‘yinlar hamda muxlislarning o‘n yillar davomida so‘nmay ushbu umumiy tarixning bir qismiga aylangan ishonchlari alohida yoritiladi. Loyiha terma jamoaning ilk odimlaridan bugungi kuniga qadar yaxlit manzara yaratib, sport tarixini mamlakat tarixiga aylantiradi.

UZCARD uchun ushbu loyihada ishtirok etish — odamlarni birlashtiradigan ma’nolar bilan ishlashdir. O‘zbekistonda futbol — bu shunchaki sport emas. Bu turli avlodlar va shaharlardan o‘tib, millionlab odamlarni o‘z atrofida birlashtiradigan umumiy hissiyotlar. Bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash — milliy xotiraning bir qismiga aylanib borayotgan tarixlarni saqlash va qayta ko‘rib chiqishga qo‘shilayotgan hissadir.

“34-yillik orzu” seriali premyerasi 2-may kuni soat 19:00 da iTV platformasida bo‘lib o‘tadi.

Loyiha keng auditoriya uchun ochiq bo‘lib, mamlakat o‘z terma jamoasi bilan birga bosib o‘tgan yo‘lni qayta yashash imkonini beradi.

UZCARD. Qulay yashang.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:32, 01.05.2026.
O'qildi: 256 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик