Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Stiv Bryus murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Stiv Bryus murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Stiv Bryus murabbiylik faoliyatiga ham nuqta qo‘yishga qaror qildi. O‘tgan yili «Blekpul» klubi bilan xayrlashganidan beri ishsiz yurgan Bryus, o‘ziga yangi jamoa topmagach, rasman boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga qaror qildi.

Shunday bo‘lsa-da, Bryus agar Angliya terma jamoasidan taklif tushsa, o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligiga shama qilib o‘tdi. Stiv Bryusning murabbiylik faoliyati davomida 1000 ga yaqin o‘yin mavjud bo‘lib, ularning 476 tasi APL bahslariga to‘g‘ri keladi.

U 1987 yildan 1996 yilgacha «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. Aleks Fergyuson qo‘l ostida u uch bora Angliya Premyer-ligasi chempioniga aylangan.

Kiritildi: 17:18, 01.05.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик