Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Jon Stounsga da’vogar jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Jon Stounsga da’vogar jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Avvalroq «Manchester Siti» jamoa himoyachisi Jon Stouns yozda klubni tark etishini e’lon qilgan edi. Futbolchining amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga yetmoqda. Shu sababli u erkin agentga aylanadi va istalgan klubga bepul o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

TEAMtalk nashri Stounsga da’vogarlik qilayotgan klublar haqida ma’lumot tarqatdi. Unga ko‘ra, himoyachiga «Everton», «Monako», «Marsel» va «Inter» klublari qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 15 million yevroga baholagan.

Jon Stouns «Manchester Siti» libosida jami 293 ta o‘yin o‘tkazdi. Ushbu bahslarda u 19 ta gol urishga va 9 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 17:59, 01.05.2026.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик