Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Manchester Yunayted» va «Liverpul» «yangi Levandovski» uchun kurashmoqda

«Manchester Yunayted» va «Liverpul» «yangi Levandovski» uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari 17 yoshli polshalik hujumchi Oskar Petushevskiyni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Record nashri xabar berdi.

Futbolchi kattalar futbolidagi debyutini Polshaning «Yagelloniya» jamoasida amalga oshirgan, 2026 yilda esa Portugaliyaning «Portu» klubiga ko‘chib o‘tgan. Iste’dodli hujumchi allaqachon «yangi Robert Levandovski» sifatida ta’riflanmoqda.

Hozircha ingliz grantlari «Portu»ga rasmiy taklif bilan chiqmagan. Petushevskiyning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Portugaliya klubi esa uni uzaytirish va 60 million yevro miqdorida tovon puli belgilashni rejalashtirmoqda.

«Portu»ga o‘tganidan so‘ng Petushevskiy 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 23:10, 01.05.2026.
O'qildi: 1190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик