Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Arteta «PSJ» – «Bavariya» o‘yinidagi 5:4 hisobi haqida fikr bildirdi

Arteta «PSJ» – «Bavariya» o‘yinidagi 5:4 hisobi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi yarim finali doirasida bo‘lib o‘tgan «PSJ» va «Bavariya» (5:4) o‘rtasidagi uchrashuv haqida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Seshanba kuni Parijda o‘tgan ushbu bahsdan bir kun o‘tib, «to‘pchilar» Madridda «Atletiko» bilan durang (1:1) o‘ynagan edi.

«Ehtimol, Parijdagi o‘sha o‘yin — men hayotimda ko‘rgan eng yaxshi bahs bo‘ldi. Har ikki jamoaning sifati, ayniqsa, futbolchilarning individual mahorati — bu shunchaki o‘zgacha daraja. Bungacha hech qachon bunga o‘xshashini ko‘rmaganman.

Biroq, agar ushbu futbolchilarning maydonda o‘tkazgan daqiqalariga e’tibor qaratsangiz, ularning nima uchun bunchalik tetik ekanligini tushunasiz. Bunday yuqori klassni namoyish etish uchun inson tetik bo‘lishi kerak. Bizning ichki chempionatlarimizdagi raqobat darajasi o‘rtasidagi farq — yer bilan osmoncha. Bu ikki xil dunyo. Kontekstni hisobga olmasdan, bir jamoani boshqasi bilan solishtirib bo‘lmaydi», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

«Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6 may kuni bo‘lib o‘tadi. Undan bir kun oldin esa «Arsenal» o‘z maydonida «Atletiko»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 07:22, 02.05.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик