Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Maktominay: «Jahon chempionatida guruhdan chiqishni istaymiz»

Maktominay: «Jahon chempionatida guruhdan chiqishni istaymiz»

Baho:
+ | -

Shotlandiya terma jamoasi 21-asrda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu tarixiy natijaga Skott Maktominayning ajoyib o‘yini sabab bo‘ldi.

Hozirda «Napoli» sharafini himoya qilayotgan futbolchi bo‘lajak turnir haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Birinchi navbatda, Jahon chempionatida guruhdan chiqishni istaymiz, uyog‘ini esa keyin ko‘ramiz. Bunday turnirda ishtirok etish uchun alohida mentalitet kerak, har qanday raqibni mag‘lub eta olishingga ishonishing lozim. Aks holda, hech narsa chiqmaydi», — deya Maktominayning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda calcionapoli1926.it.

Eslatib o‘tamiz, shotlandiyaliklar oxirgi marta 1998 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishgan edi. Ular oradan qariyb 28 yil o‘tib yana dunyoning eng yirik futbol forumiga qaytishmoqda.

Kiritildi: 07:24, 02.05.2026.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик