Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Maktominay: «Konte menga futbolni boshqacha ko‘z bilan qarashni o‘rgatdi»

Maktominay: «Konte menga futbolni boshqacha ko‘z bilan qarashni o‘rgatdi»

Baho:
+ | -

Shotlandiyalik hujumkor yarim himoyachi Skott Maktominay «Napoli»dagi yutuqlarini Antonio Konte bilan bog‘laydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, murabbiy uni futbolga mutlaqo boshqacha nigoh bilan qarashga o‘rgatgan.

«Konte — ajoyib murabbiy ekanligi kunday ravshan. Uni hamma taniydi, hamma uning uslubi va ishlash manerasini biladi. U bilan ishlash men uchun aql bovar qilmaydigan tajriba bo‘ldi, chunki u menga futbolni boshqacha burchakdan ko‘rishni o‘rgatdi. Bu esa men uchun fundamental darajada muhim bo‘lib chiqdi», — deya shotlandiyalik futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda calcionapoli1926.it.

Hozirda neapolliklar Italiya A Seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi. Skott Maktominay ushbu klub sharafini 2024 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 07:26, 02.05.2026.
O'qildi: 433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик