Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Laport «Manchester Siti»dan ketganiga afsuslanishini tan oldi

Laport «Manchester Siti»dan ketganiga afsuslanishini tan oldi

Baho:
+ | -

Markaziy himoyachi Emerik Laport «Manchester Siti»ni «An-Nasr» klubiga almashtirgan davrlarini yodga oldi. Ispaniyalik futbolchi «shaharliklar» safida besh yil davomida to‘p tepgan va 2023 yilda Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan edi.

«Men ketganimdan afsuslandim, chunki dunyoning eng yaxshi klubida edim. U yerda futbolchilar haqida qayg‘urishlari — shunchaki noyob hodisa. Vaqt o‘tishi bilan bunga o‘rganib qolarkansan, oddiy holdek qabul qilarkansan, lekin ketganingdan keyin bu qanchalik ajoyib bo‘lganini anglab yetasan.

«Manchester Siti»dan chin dildan minnatdorman. Bu klub haqida bironta ham yomon gap ayta olmayman. Men uchun bu unutilmas tajriba va hayotimdagi eng yaxshi damlardan biri bo‘lib qoladi», — deya Laportning so‘zlarini keltirmoqda Al Nassr Zone.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili futbolchi o‘z faoliyatini boshlagan jamoasi «Atletik» Bilbaoga qaytib kelgan edi.

Kiritildi: 07:48, 02.05.2026.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик