Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Fofana «Tottenxem»ga o‘tishi mumkin

Fofana «Tottenxem»ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Chempionshipga tushib ketish xavfi ostida turgan Angliyaning «Tottenxem» klubi Italiyaning «Milan» jamoasi yarim himoyachisi Yussuf Fofanani sotib olishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga «Aston Villa» ham da’vogarlik qilmoqda. Futbolchining transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda. Ushbu o‘tishning asosiy sharti — «shporlar» APLda o‘z o‘rnini saqlab qolishlari kerak.

Qayd etilishicha, Fofananing hozirgi statistikasi (ayniqsa uzatmalar bo‘yicha) avvalgi yillardagidan pastroq ko‘rinmoqda. Biroq bu uning maydondagi yangi roli bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Futbolchining o‘zi bergan intervyularida tavakkalga asoslangan o‘yinni xush ko‘rishi va shu sababli uni yetarlicha baholashmayotganini sha’ma qilgan. Uning bunday uslubi zamonaviy futbolning «xavfsiz» o‘yin tizimiga doim ham mos kelavermaydi.

Kiritildi: 08:03, 02.05.2026.
O'qildi: 613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик