Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Arsenal» ikki nafar yosh yulduzini sotishni ko‘rib chiqadi

«Arsenal» ikki nafar yosh yulduzini sotishni ko‘rib chiqadi

Baho:
+ | -

Chap qanot himoyachisi Maylz Lyuis-Skelli va hujumkor yarim himoyachi Itan Nvaneri Londonning «Arsenal» klubini tark etishi mumkin. «To‘pchilar» rahbariyati har ikki yosh yulduz bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, deb xabar bermoqda The Sun.

Klub tarbiyalanuvchilarining sotilishi moliyaviy hisobotlarda sof foyda sifatida qayd etiladi, shu sababli bu klub uchun juda foydali hisoblanadi. London grandi transfer byudjetini ko‘paytirish maqsadida ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Transfermarkt ekspertlarining bahosiga ko‘ra, Lyuis-Skellining narxi 35 million, Nvaneriniki esa 40 million yevroni tashkil etadi. Har ikki futbolchi hozirda 19 yoshda.

Eslatib o‘tamiz, Nvaneri joriy mavsumning ikkinchi yarmini Fransiyaning «Marsel» klubida ijara asosida o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 08:04, 02.05.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик