Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Bavariya» yana Buaddiga qiziqish bildirmoqda

«Bavariya» yana Buaddiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilayotgan Leon Goreska o‘rniga munosib nomzod izlamoqda.

Klub rahbariyati bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Hozirda ijara asosida «Gannover»da o‘ynayotgan 20 yoshli Noel Azeko Nikili, «Gerta»ning 16 yoshli yarim himoyachisi Kennet Ayxxorn.

Biroq, fransiyalik transfer bozori eksperti Abdellah Bulmaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Bavariya» «Lill»ning 18 yoshli iqtidori Ayub Buaddiga bo‘lgan qiziqishini qayta tiklagan. Avvalroq ham uning nemis grandi safiga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Buaddi uchun kurashda «Bavariya» yolg‘iz emas — futbolchiga «PSJ», «Arsenal» va «Manchester Yunayted» kabi klublar ham da’vogarlik qilmoqda.

Ayub Buaddi joriy mavsumda UNFP talqini bo‘yicha Liga 1ning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilgan. U juda yosh bo‘lishiga qaramay, «Lill» asosiy jamoasi safida 93 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi (ulardan 25 tasi yevrokuboklarda). Shuningdek, u Fransiya yoshlar terma jamoasi sardori hisoblanadi.

Kiritildi: 08:53, 02.05.2026.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик