Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Reshford «Tottenxem»ga o‘tishi mumkin

Reshford «Tottenxem»ga o‘tishi mumkin

Baho:
+-1 | -

«Manchester Yunayted» hujumchisi, hozirda ijara asosida «Barselona»da to‘p tepayotgan Markus Reshford «Tottenxem» a’zosiga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda BBC.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «shporlar» hujumchining har bir qadamini diqqat bilan kuzatib borishmoqda va uni klub hujum chizig‘ini yangilash uchun potensial yechim sifatida ko‘rishmoqda. Ushbu kelishuv faqatgina London jamoasi Angliya Premyer-ligasidagi o‘rnini saqlab qolgan taqdirda amalga oshishi mumkin, chunki bu yirik xaridlarni amalga oshirish uchun zarur shart hisoblanadi. Ayni damda klub turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.

E’tiborli jihati shundaki, aprel oyi oxirida insayder Nikolo Skira o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Reshford «ko‘k-anorranglilar» bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan to‘laqonli shartnoma borasida kelishib olganini ma’lum qilgan edi. Shunga qaramay, bu «Tottenxem»ni to‘xtatib qolmayapti va faqat bir holatda — agar jamoa Chempionshipga tushib ketsagina, o‘yinchini sotib olish bo‘yicha taklif yuborilmaydi.

Kiritildi: 09:31, 02.05.2026.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик