Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Saka APLdagi assistlari soni bo‘yicha Keyndan o‘zib ketdi

Saka APLdagi assistlari soni bo‘yicha Keyndan o‘zib ketdi

Baho:
+ | -

Bukayo Saka «Fulxem»ga qarshi o‘yinning 9-daqiqasida Viktor Dyokereshga golli uzatmani yetkazib bergach, «Arsenal» safida Premyer-ligadagi assistlari sonini 49 taga yetkazdi.

Ushbu natija evaziga Saka APL tarixidagi eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida Xarri Keyndan o‘zib ketdi hamda Mikel Arteta va Serxio Agueroga yetib oldi. Ushbu ko‘rsatkichdagi futbolchilar orasida faqat Jeymi Vardi Sakadan oldinda bormoqda.

24 yoshli Saka APLdagi 223 ta o‘yinidan so‘ng musobaqa tarixidagi eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida 59-o‘ringa ko‘tarildi.

Vinger butun faoliyatini «Arsenal»da o‘tkazib, klub bilan Angliya Kubogi va ikki marta Angliya Superkubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u 2020–21 va 2021–22 yilgi mavsumlarda klubning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Bundan tashqari, u 2024 yil fevral oyida «Vest Xem» ustidan qozonilgan 6:0 hisobidagi g‘alabada dubl qayd etib, «Arsenal» safida 50 ta gol urgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirgan edi.

Kiritildi: 22:42, 02.05.2026.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик