Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Bundesliga. Patrik Shikning xet-trigi «Bayer»ga «Leypsig» ustidan yirik g‘alaba keltirdi

Bundesliga. Patrik Shikning xet-trigi «Bayer»ga «Leypsig» ustidan yirik g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

«Bayer» o‘z maydonida Germaniya Bundesligasining 32-turi doirasida «Leypsig»ni tor-mor etdi — 4:1.

Leverkuzenliklar safida Patrik Shik xet-trik qayd etdi. Chexiyalik hujumchi 25, 76 va 89-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Yana bir gol 45-daqiqada Natan Tella tomonidan kiritildi. Mehmonlarning yagona javob goli 80-daqiqada Kristof Baumgartner hisobiga yozildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bayer» (58 ochko) Bundesliga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Beshta o‘yindan iborat g‘alabali seriyasini davom ettira olmagan «Leypsig» (62 ochko) esa uchinchi pog‘onada qoldi.

«BAYER» — «RB LEYPSIG» — 4:1

Gollar: Patrik Shik 25 (1:0), Natan Tella 45 (2:0), Patrik Shik 76 (3:0), Kristof Baumgartner 80 (3:1), Patrik Shik 89 (4:1).

«Bayer»: Flekken, Tapsoba, Andrix, Kuansa, Grimaldo, Palasios, Garsiya (Fernandes, 85), Kalbret (Artur, 77), Tella (Poku, 77), Maza (Tillman, 85), Shik (Kofane, 90).

«RB Leypsig»: Vandervordt, Finkgrefe (Xenriks, 84), Bitshiabu (Lyukeba, 46), Orban, Baku, Baumgartner, Zayvald (Uedraogo, 65), Shlager, Nusa (Gruda, 46), Romulo (Xarder, 65), Diomande.

Ogohlantirishlar: Tillman (86) — Finkgrefe (14), Shlager (72), Baumgartner (84).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:30, 02.05.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик