Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Ildar Sakayev: "Xunuk seriya davom etmoqda, bu bilan jahon rekordini urdik"

Ildar Sakayev: "Xunuk seriya davom etmoqda, bu bilan jahon rekordini urdik"

Baho:
+ | -

Superliga 11-turdan o‘rin olgan "Dinamo" – "Mash’al" uchrashuvi 3:1 hisobida yakun topdi. O‘yindan keyin "Mash’al" bosh murabbiyi Ildar Sakayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— Nima fikr bildirish mumkin? Xunuk seriya davom etmoqda, bu bilan jahon rekordini urdik. Boshqa gapim yo‘q. Yana ozgina gapiradigan bo‘lsam, bolalarcha xatoga yo‘l qo‘yib gollar o‘tkazyapmiz. "Buxoro" bilan o‘yinda 85 daqiqacha chidab bergandik. Bugun raqib birinchi taymdayoq masalani hal etdi.

— "Mash’al" o‘zbek futbolida o‘ziga xos jamoalardan biri. Bir nechta yaxshi futbolchilarni tarbiyalab bergan. Hozirgi qiyin vaziyatdan jamoa qanday qilib chiqib ketadi oladi?
— Tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi. Boshqa yo‘l ko‘rmayapman. Klub rahbariyati ham bu fikrimga qo‘shilsa kerak.

— Birinchi taym va ikkinchi taymdagi o‘yin haqida nima deya olasiz?
— E’tibor bergan bo‘lsangiz, biz bahsni uch nafar himoyachi bilan boshladik. 20-daqiqadan keyin to‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynashga o‘tdik. Ikki nafar tayanch yarim himoyachisi bilan harakat qildik. Ko‘p energiya yo‘qotdik, yigitlarga xato qilmanglar deganimiz bilan baribir xatolar bo‘lyapti. Biz agressiv futbolni unutib qo‘ydik, kurashlarni yutmayapmiz. Muammolar ko‘p.

— Jamoada o‘yin uslubi bor. Balki hammasi mavsumga tayyorgarlikdayoq boshlangandir. Balki Igor Surovni olib kelinishi xato bo‘lgandir?
— Men boshqalar haqida gapira olmayman. Har bir murabbiyning jamoani mavsumga tayyorlash o‘z rejasi bo‘ladi. 11 tur o‘tibdiki, jamoa futbol o‘ynashni bilishi, bunday xatolarga yo‘l qo‘ymasligi kerak bo‘ladi. Biz oddiy vaziyatlarda to‘pni yo‘qotyapmiz. Omad ham yuz o‘giryapti.

— Makedoniyalik futbolchi ham ko‘rinmay qoldi.
— U jarohat olgan. Hozir tiklanish jarayonini o‘tkazyapti.

— Oldinda Kubok o‘yinlari boshlanadi. Balki Kubok orqali jamoaning ruhiyati joyiga tushar?
— Faqat g‘alabalar orqali jamoani qiyin holatdan olib chiqib ketishimiz mumkin. 8 nafar futbolchimizda jarohat bor. Kubokda bor kuchni ishga solamiz.

— "Mash’al"ning moliyaviy holati qanday? Chunki oxirgi paytlarda hamma o‘zbek futbolidagi moliya haqida gapirmoqda.
— Bu savol klub rahbariyatiga deb o‘ylayman. Biz ham boshqa klublar bilan bir xil holatdamiz deya olaman.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:30, 02.05.2026.
O'qildi: 196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик