Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Fermin Lopes joriy mavsumda 30 ta samarali harakat qayd etgan «Barselona»ning ikkinchi futbolchisi bo‘ldi

Fermin Lopes joriy mavsumda 30 ta samarali harakat qayd etgan «Barselona»ning ikkinchi futbolchisi bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes joriy mavsumdagi gol+pas tizimida o‘z ochkolarini 30 taga yetkazib oldi. 22 yoshli ispaniyalik futbolchi La Liganing bugungi «Osasuna»ga qarshi bahsida (2:1) 86-daqiqada Ferran Torresga golli uzatma yetkazib berdi.

Bu Fermin uchun joriy mavsumdagi barcha musobaqalardagi 30-samarali harakat bo‘ldi (13 ta gol va 17 ta assist). U Lamin Yamaldan (24+18) keyin «ko‘k-anorranglilar» safida ushbu ko‘rsatkichga erishgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Hozirda «Barselona» Madridning «Real» klubini 14 ochkoga ortda qoldirmoqda. Agar yakshanba kuni «qaymoqranglilar» «Espanyol»ni mag‘lub eta olishmasa, Xansi Flik jamoasi muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 02:22, 03.05.2026.
O'qildi: 1069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик