Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Levandovski: «Barselona» bilan 100 ochkolik marrani zabt etmoqchimiz»

Levandovski: «Barselona» bilan 100 ochkolik marrani zabt etmoqchimiz»

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoa bilan navbatdagi chempionlikni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Polyak hujumchisi «ko‘k-anorranglilar»ning «Osasuna» ustidan qozonilgan g‘alabasiga (2:1) o‘z goli bilan hissa qo‘shdi. Agar bugun Madridning «Real» jamoasi «Espanyol» bilan bahsda ochko yo‘qotsa, Xans-Diter Flik shogirdlari muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirishadi.

«Bu men uchun bu yerdagi to‘rt yil ichida qo‘lga kiritilgan uchinchi La Liga sovrini bo‘ladi. Chempionlikni muxlislarimiz bilan nishonlashni intiqlik bilan kutyapman. Albatta, kelajakda ham bu tuyg‘uni yana va yana his qilishni xohlardim. Oldinda yana to‘rtta o‘yin bor va maqsadimiz — ularning barchasida g‘alaba qozonib, mavsumni 100 ochko bilan yakunlash», — dedi Levandovski DAZN telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 10:03, 03.05.2026.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик