Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

MLS. Messi gol urgan va golli uzatma bergan bahsda 3:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan «Inter Mayami» yakunda mag‘lub bo‘ldi (Videosharh)

MLS. Messi gol urgan va golli uzatma bergan bahsda 3:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan «Inter Mayami» yakunda mag‘lub bo‘ldi (Videosharh)

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» MLS muntazam chempionati doirasidagi o‘z maydonida o‘tgan bahsda «Orlando»ga imkoniyatni boy berdi — 3:4.

Birinchi bo‘limda mezbonlar 3:0 hisobida oldinda borishyotgan edi. Gollarni Ien Frey, Telasko Segoviya va Lionel Messi kiritdi. Shuningdek, Messi hisobida bitta golli uzatma ham bor.

Biroq keyinchalik «Inter Mayami» ketma-ket to‘rtta gol o‘tkazib yubordi. Ulardan uchtasini Martin Oxeda (bittasini penaltidan) o‘z nomiga rasmiylashtirdi. G‘alaba to‘piga esa 90+3-daqiqada Tayriz Spayser mualliflik qildi.

«Inter Mayami» (11 o‘yindan so‘ng 19 ochko) Sharqiy konferensiya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Orlando» esa (11 o‘yindan so‘ng 10 ochko) xuddi shu konferensiyada 13-pog‘onani egallab turibdi.

«INTER MAYAMI» — «ORLANDO SITI» — 3:4

Gollar: Ian Frey 4 (1:0), Matias Segoviya 25 (2:0), Lionel Messi 34 (3:0), Martin Ojeda 39 (3:1), Martin Ojeda 68 (3:2), Martin Ojeda 78-pen (3:3), Tyrese Spicer 90 (3:4).

«Inter Mayami»: Sent-Kler, Allen, Mikael, Falkon, Frey (Fakundo Mura, 66), Brayt, de Paul, Segoviya, Messi, Suares (Alyende, 71), Berterame.

«Orlando Siti»: Brekalo, Krepo, Robin Jansson, Iago Teodoro, Ivan Angulo, Tiagu Almeyda (Tyrese Spicer, 46), Luis Otavio (Eduard Atuesta, 46), Oxeda, Griffin Dorsey, Justin Ellis (Makguayr, 59), Martin Ojeda (Zakaria Taifi, 90).

Ogohlantirishlar: Sent-Kler (45), Brayt (52), de Paul (59), Messi (78) — Robin Jansson (18), Krepo (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:09, 03.05.2026.
O'qildi: 1605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик