Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Flik «Real»ning taqdiri hal bo‘ladigan o‘yinga qiziqmayotganini aytdi

Flik «Real»ning taqdiri hal bo‘ladigan o‘yinga qiziqmayotganini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida 3 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Espanyol» — «Real» uchrashuvini tomosha qilmasligini aytdi.

«Men «Real» ishtirokidagi o‘yinni aniq ko‘rmayman. Bu men uchun emas. Agar biror gap bo‘lsa, messenjerdagi guruhimiz orqali menga xabar berishadi!» — deya nemis mutaxassisining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

«Barselona» 34-turda safarda «Osasuna»ni mag‘lub etdi (2:1). Jamoa 34 ta o‘yindan so‘ng 88 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi va bitta zaxira o‘yiniga ega «Real»dan 14 ochko oldinda.

Jamoalar mavsum davomida jami 38 ta o‘yin o‘tkazishadi. Shu bilan birga, 10 may kuni «Barselona» o‘z maydonida «Real»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 10:11, 03.05.2026.
O'qildi: 501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик