Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Rayt: «Dyokeresh «Arsenal»da ilgari hech kim uddalay olmagan ishni bajarmoqda»

Rayt: «Dyokeresh «Arsenal»da ilgari hech kim uddalay olmagan ishni bajarmoqda»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Ian Rayt Viktor Dyokeresh joriy mavsumda o‘z vazifasini uddaladi deb hisoblaydi. Shvesiyalik futbolchi kam gol urayotganligi va «kanonirlar»ning jamoaviy o‘yiniga mos tushmayotganligi uchun tez-tez tanqid qilinadi, biroq Raytning fikricha, hujumchi undan talab qilingan natijaga erishgan.

«Men ko‘p yillar davomida bizga hujumchi kerakligini aytganman. Biz uni topdik, endi esa odamlar uni yetarlicha yaxshi emasligini aytishmoqda. Uning ko‘rsatkichlari hammasini aytib turibdi — u 21 ta gol urdi va o‘z ishini bajardi. U «Fulxem» darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi — aynan shunday o‘yinlarda u jamoaga juda kerak. Ilgari «Arsenal»da bunday raqiblarga gol uradigan hech kim yo‘q edi — bu kabi bahslarda gollar qiyinchilik bilan qo‘lga kiritilardi. Dyokeresh bu muammoni hal qildi», — deya Raytning so‘zlarini keltirmoqda Arsenal Radar nashri.

Eslatib o‘tamiz, Viktor Dyokeresh o‘tgan yozda «Sporting»dan qariyb 67 million yevro evaziga London grandi safiga kelib qo‘shilgan edi.

Kiritildi: 12:26, 03.05.2026.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик