Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Fernandesh Saloh haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Fernandesh Saloh haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haqida nima deb o‘ylashini aytdi. Yakshanba kuni Premyer-liganing 35-turi doirasida «qizil iblislar» o‘z maydonida mersisaydliklarni qabul qiladi. Misrlik futbolchi jarohati sababli ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

«Saloh — APLdagi eng yaxshi goleadorlaridan biri. Ha, unda golsiz seriya bo‘ldi, lekin bu nimani anglatadi? Siz menga uning mahoratini yo‘qotib qo‘yganini aytmoqchimisiz? Yo‘q, aslo unday emas», — deya «Yunayted» sardori Fernandeshning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

«MYU» — «Liverpul» bahsi Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi. Muhammad Saloh 2017 yildan beri «qizillar» safida to‘p tepib kelmoqda. 33 yoshli forvard mavsum yakunida klubni tark etadi.

Kiritildi: 15:24, 03.05.2026.
O'qildi: 761 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик