Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Uornok «Tottenxem» haqida: «De Dzerbini vaqtliroq chaqirish kerak edi»

Uornok «Tottenxem» haqida: «De Dzerbini vaqtliroq chaqirish kerak edi»

Baho:
+ | -

Stiven Uornokning fikricha, «Tottenxem» Roberto De Dzerbini bosh murabbiy lavozimiga ancha oldinroq tayinlashi lozim edi.

Londonliklar ayni damda APLda 18-o‘rinni egallab turishibdi va ligada qolish zonasidan 2 ochko orqada qolmoqdalar. Bugun ushbu jamoa Premyer-liganing 35-turi doirasida «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi.

— Men De Dzerbini ajoyib murabbiy deb hisoblayman. Haqiqatan ham shunday. To‘g‘ri, u ba’zida ziddiyatli shaxsga aylanadi, parda ortida muammolari bo‘lishi mumkin, ammo maydondagi ishi va jamoalarining o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsak, u juda iqtidorli mutaxassis.

«Tottenxem»ning eng katta xatosi — De Dzerbi kabi murabbiyni chaqirishdan oldin Igor Tudorni tayinlagani bo‘ldi. Agar De Dzerbiga Tudorga berilgan vaqt taqdim etilganida, «shporlar» hozirgidek ayanchli holatga tushib qolmagan bo‘lardi deb o‘ylayman, — dedi «Liverpul» va «Aston Villa»ning sobiq himoyachisi.

Kiritildi: 15:45, 03.05.2026.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик