Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Nyukasl» Xauni klub boshqaruvida qoldiradi

«Nyukasl» Xauni klub boshqaruvida qoldiradi

Baho:
+ | -

Eddi Xau joriy mavsum yakunlanganidan keyin ham «Nyukasl Yunayted» bosh murabbiyi lavozimida qoladi.

The Athletic nashrining xabar berishicha, agar kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelmasa, ingliz mutaxassisi 2026/27 yilgi mavsumda ham jamoani boshqaradi. 48 yoshli mutaxassis «Sent-Jeyms Park»da qolishni istaydi va klub egalari hamda rahbariyatining qo‘llab-quvvatloviga ega.

Xauni qoldirish haqidagi qaror shu haftada bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng qabul qilindi. Unda «Nyukasl»ning asosiy egasi hisoblangan Saudiya Arabistoni Davlat investisiya jamg‘armasining (PIF) 25 kishilik delegasiyasi ishtirok etdi.

Barcha tomonlar ushbu mavsum yetarlicha yaxshi bo‘lmaganini va buni takrorlash mumkin emasligini tan olishdi. Shunga qaramay, muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tgani va bosh murabbiyning kelajagi borasida bir to‘xtamga kelingani ta’kidlanmoqda.

Garchi bu mavsumda natijalar pasaygan bo‘lsa-da, «Nyukasl» egalari jamoaning avvalroq Chempionlar Ligasiga chiqqanini va Xau qo‘l ostida qo‘lga kiritilgan Angliya Liga Kubogini inobatga olishdi.

Hozirda «Nyukasl» APLda 35 ta o‘yindan so‘ng 45 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 20:28, 03.05.2026.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик