«Inter» A Seriyaning 35-turida «Parma»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Italiya chempioni bo‘ldi. Bu «neradzurri» tarixidagi 21-chempionlik unvoni hisoblanadi.
Uchrashuvda hisobni maydon egalari hujumchisi Markus Tyuram 45+1-daqiqada ochdi. Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida yarim himoyachi Genrix Mxitaryan «qora-ko‘klar»ning ikkinchi golini urdi.
Ushbu g‘alaba tufayli «Inter» Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Milanliklar 35 ta o‘yindan keyin 82 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Napoli»dan farq 12 ochkoni tashkil etmoqda. «Parma» esa 42 ochko bilan 12-pog‘onada joylashgan.
A Seriya chempionliklari soni bo‘yicha «Inter» ikkinchi o‘rinda bormoqda. Reytingda peshqadam — 36 ta sovringa ega «Yuventus». «Milan» 19 marta chempion bo‘lgan, «Jenoa»da to‘qqizta, «Torino», «Bolonya» va «Pro Verchelli»da esa yetti tadan chempionlik mavjud.
Italiya — A Seriyasi, 35-tur
3 may 2026 yil, Milan
«Inter» — «Parma» 2:0
Gollar: Tyuram 45+1, Mxitaryan 80.













