Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Vinisius Junior «Espanyol»ga qarshi o‘yinda ideal baho oldi

Vinisius Junior «Espanyol»ga qarshi o‘yinda ideal baho oldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior La Liga doirasidagi «Espanyol»ga qarshi yakshanba kungi o‘yinning (2:0) haqiqiy qahramoniga aylandi. Braziliyalik futbolchi 55 va 66-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Mashhur statistik portal — SofaScore 25 yoshli futbolchining harakatlarini eng yuqori baho, ya’ni 10 ball bilan baholadi. Hujumchi nafaqat dubl qayd etdi, balki zarba uchun uzatma berish (3 ta) va o‘ziga nisbatan qoida buzish ishlatish (8 ta) bo‘yicha ham eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Shuningdek, u 14 ta yakkakurashning 10 tasida g‘olib chiqdi — bu ham o‘yindagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

SofaScore ma’lumotlariga ko‘ra, bu Vinisius uchun La Liga doirasida so‘nggi bir yarim yil ichida qo‘lga kiritilgan ilk ideal «o‘nlik»dir. Oxirgi marta u bunday natijaga 2024 yilning noyabr oyida, «Osasuna» bilan bahsda xet-trik qayd etganda erishgan edi.

Kiritildi: 08:35, 04.05.2026.
O'qildi: 584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик