Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Benzema Vinisiusning «Espanyol»ga urgan gollariga munosabat bildirdi

Benzema Vinisiusning «Espanyol»ga urgan gollariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Karim Benzema o‘z sobiq jamoadoshi Vinisius Juniorning muvaffaqiyatidan xursand bo‘ldi. Braziliyalik futbolchi La Liga doirasida yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan «Espanyol»ga qarshi o‘yinda (2:0) dubl qayd etdi. Ushbu o‘yini uchun hujumchi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovriniga loyiq ko‘rildi.

25 yoshli futbolchining muvaffaqiyatini Benzema yuqori baholab, uning ijtimoiy tarmoqdagi posti ostida izoh qoldirdi: «Birinchi raqamli», — deb yozdi fransiyalik hujumchi.

Keyingi turda «Real» «Kamp Nou»da «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. Agar kataloniyaliklar «qaymoqranglilar»ga mag‘lub bo‘lishmasa, muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritishadi. Ma’lumot uchun, Karim Benzema 2009 yildan 2023 yilgacha Madrid grandi sharafini himoya qilgan. Hozirda u Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasida to‘p surmoqda.

Kiritildi: 08:36, 04.05.2026.
O'qildi: 922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик