Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Gvardiola Bernardu Silva va Jon Stounsning jamoadan ketishi haqida gapirdi

Gvardiola Bernardu Silva va Jon Stounsning jamoadan ketishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Bernardu Silva va Jon Stounsning tez orada klubni tark etishi haqida fikr bildirdi. Yaqinda «shaharliklar» portugaliyalik va angliyalik futbolchilarning muddati tugayotgan shartnomalari uzaytirilmasligini rasman tasdiqladi — ular mavsum yakunlangach, erkin agentga aylanishadi.

«Menimcha, rasmiy e’londan keyin har ikki futbolchi ham yengillik his qilmoqda. Men Jondan: "O‘zingni qanday his qilyapsan?" deb so‘radim. U esa: "Hammasi yaxshi, yengillikni va muxlislarning mehrini his qilyapman", deb javob berdi. Men ular g‘alaba qozonishni qanchalik yaxshi ko‘rishlarini bilaman. Mashg‘ulotlarda ko‘ryapmanki, Bernardu ketishi e’lon qilinganidan keyin ham o‘zini xuddi avvalgidek tutmoqda. Ularning munosabati o‘zgargani yo‘q», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da «Siti» safarda «Everton»ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 09:32, 04.05.2026.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик