Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Barselona»ga «Real» bilan o‘yinda muhim futbolchi yordam beradi

«Barselona»ga «Real» bilan o‘yinda muhim futbolchi yordam beradi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Rafinya Dias jarohatidan so‘ng maydonga qaytishga tayyor. 29 yoshli futbolchi sonidan olgan jarohatini davolab bo‘ldi va mart oyidan beri ilk bor «Osasuna»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda «ko‘k-anorranglilar» qaydnomasiga kiritildi, biroq zaxira o‘rindig‘ida qoldi.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, agar biror kutilmagan holat yuz bermasa, braziliyalik futbolchi bo‘lajak «El-Klasiko»da zaxiradan maydonga tushadi. «Real» bilan uchrashuv kelasi yakshanba, 10 may kuni bo‘lib o‘tadi. Agar Xans-Diter Flik shogirdlari «Kamp Nou»da «qaymoqranglilar»ga imkoniyatni boy berishmasa, muddatidan oldin La Liga chempionligini qo‘lga kiritishadi.

Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsumda «Barsa» safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 12:19, 04.05.2026.
O'qildi: 972 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик