Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

"Brayton" bosh murabbiyi bo‘yicha qaror qabul qildi

"Brayton" bosh murabbiyi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining «Brayton» klubi bosh murabbiy Fabian Xyurseler bilan amaldagi kelishuvni uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «chaykalar» rahbariyati 33 yoshli germaniyalik mutaxassisning ishidan to‘liq qanoat hosil qilmoqda. Leverkuzenning «Bayer» klubi tomonidan bo‘layotgan qiziqishlarga qaramay, tomonlar yangi uzoq muddatli shartnoma borasida kelishuvga erishgan va barcha zarur hujjatlarni imzolab bo‘lishgan. Tez orada klub bu haqda rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Fabian Xyurseler 2024 yilning iyul oyidan buyon «Brayton»ni boshqarib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida jamoa uning qo‘l ostida jami 85 ta o‘yin o‘tkazib, 37 g‘alaba, 24 durang va 24 mag‘lubiyat qayd etdi.

Ayni paytda «Brayton» APLning 35-turidan so‘ng turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 19:24, 04.05.2026.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик