Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Pereyra «Nottingem»ning «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida gapirdi

Pereyra «Nottingem»ning «Chelsi» ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» bosh murabbiyi Vitor Pereyra Angliya chempionatining 35-turi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan uchrashuv yakunlari haqida to‘xtaldi. Uning shogirdlari safarda poytaxt klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

«Afsus qiladigan yagona narsam — Morgan Gibbs-Uaytning jarohati. Men aytgandimki, biz futbolchilarni o‘zgartirishimiz mumkin, ammo ruhiyatimiz o‘zgarmas qoladi va biz 3 ochko uchun kurashamiz. Kelajagimiz o‘z qo‘limizda bo‘lishini istaymiz, buning uchun esa o‘yinlarda g‘alaba qozonish shart», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

«Bugun futbolchilar o‘z mahoratlari va tartibli o‘yinlarini yana bir bor isbotlashdi. Shogirdlarim va muxlislarimiz uchun juda xursandman. Biz yana bir bor kuchli irodani va tarkibimiz o‘ziga xos ekanligini ko‘rsatdik. To‘rtta turli murabbiy, ularning uslublari va taktik talablariga moslashish oson emas. Bunday vaziyatda birdamlik va do‘stlikni saqlab qolish qiyin. Bu jamoa faoliyatim davomida ishlagan eng yaxshi jamoalarimdan biridir», — deb ta’kidladi Pereyra.

Ayni damda «Nottingem Forest» 42 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. «Chelsi» esa 48 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onada qayd etilgan.

Kiritildi: 23:23, 04.05.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик