Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kivu bu natijaga erishgan «Inter» tarixidagi beshinchi murabbiyga aylandi

Kivu bu natijaga erishgan «Inter» tarixidagi beshinchi murabbiyga aylandi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi Italiya chempioniga aylandi. Bu yakshanba oqshomida «Parma» ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng oydinlashdi. Kristian Kivu jamoa boshqaruviga kelgan ilk mavsumidayoq chempionlik titulini qo‘lga kiritdi. U klub tarixida ish boshlagan birinchi yilida Skudettoni yutgan beshinchi murabbiy bo‘ldi.

Bungacha ushbu natijani Arpad Veyshs (1929/1930 yilgi mavsum), Alfredo Foni (1952/1953), Jovanni Invernissi (1970/1971) va mashhur portugaliyalik Joze Mourinyo (2008/2009) qayd etgan edi. Endi esa ruminiyalik mutaxassis ham ularning safiga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, Milanning «Inter» klubi o‘z tarixida jami 21 marta Skudettoga ega chiqqan.

Kiritildi: 08:42, 05.05.2026.
O'qildi: 476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик