Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

«Inter» prezidenti: «Bastoni «Barselona»ga o‘tadimi? Hammasi futbolchining xohishiga bog‘liq»

«Inter» prezidenti: «Bastoni «Barselona»ga o‘tadimi? Hammasi futbolchining xohishiga bog‘liq»

Baho:
+ | -

«Inter» prezidenti Juzeppe Marotta jamoa himoyachisi Alessandro Bastonining kelajagi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barselona» tomonidan qiziqish borligini inkor etmayman, biroq hozircha bu shunchaki yuzaki qiziqish xolos. Biz doimo aytganimizdek, futbolchi faqat o‘zi ketish istagini bildirgan taqdirdagina jamoani tark etadi. Ayni damda u bizning o‘yinchimiz, u qolishni istaydi va biz undan mamnunmiz», — deya funksionerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Bastoni 2017 yildan beri «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 27 yoshli italiyalik himoyachi barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 70 million yevroga baholamoqdalar.

Kiritildi: 11:05, 05.05.2026.
O'qildi: 452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик