Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Bugun Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo kubogi start oladi

Bugun Saudiya Arabistonida U-17 Osiyo kubogi start oladi

Baho:
+ | -

Bugun, 5 may kuni Saudiya Arabistoni maydonlarida futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi navbatdagi Osiyo kubogi (U-17) bahslariga start beriladi. Qit’a birinchiligining ilk kunida "A" va "B" guruhi vakillari ishtirokida jami to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kun taqvimidan quyidagi bahslar o‘rin olgan:

"B" guruhi:

  • 21:00. Yaponiya — Qatar

  • 21:30. Indoneziya — Xitoy

"A" guruhi:

  • 22:00. Saudiya Arabistoni — Myanma

  • 22:30. Tojikiston — Tailand

E’tiborli jihati, OFK ushbu musobaqaning guruh bosqichi translyasiyasi bo‘yicha kutilmagan qaror qabul qilgan. Ma’lum qilinishicha, guruh o‘yinlari to‘liq professional tele-translyasiya qilinmaydi va bahslar faqatgina bitta kamera orqali OFKning YouTube’dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi. Professional ko‘p kamerali translyasiyalar esa pley-off bosqichidan boshlab yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:28, 05.05.2026.
O'qildi: 1616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик