Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Bernardu Silva: «Biz oxirigacha kurashamiz, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin»

Bernardu Silva: «Biz oxirigacha kurashamiz, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva «Everton»ga qarshi safar o‘yinida ochko yo‘qotilganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Angliya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan mazkur bahs 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

«Albatta, biz har doimgidek oxirigacha kurashamiz. Premyer-ligada bu kabi o‘yinlar bizni ancha murakkab ahvolga solib qo‘yadi. Lekin kim biladi deysiz? Futbolda har qanday voqea sodir bo‘lishi mumkin», — deya Silvaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.

Ushbu durang sababli «Manchester Siti»ning peshqadam «Arsenal»dan ortda qolishi besh ochkoga yetdi. Shuni ta’kidlash joizki, Xosep Gvardiola shogirdlari ixtiyorida hali zahira o‘yini mavjud. Keyingi, 36-turda «Manchester Siti» o‘z uyida «Brentford»ni qabul qilsa, «Arsenal» safarda «Vest Xem» mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 11:50, 05.05.2026.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик