Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Futzal. O‘zbekiston U18 terma jamoasi ikkinchi bahsda Qozog‘istonga yutqazdi

Futzal. O‘zbekiston U18 terma jamoasi ikkinchi bahsda Qozog‘istonga yutqazdi

Baho:
+ | -

Turkiston shahridagi “Olimpik” sport majmuasida bugun Qozog‘iston va O‘zbekiston yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi bahs birinchisiga nisbatan ancha shiddatli va murosasiz ruhda kechdi. Afsuski, keskin va teng kurashlar ostida o‘tgan ikkinchi o‘yinda ham omad maydon egalariga kulib boqdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘zlaridan bir yosh katta bo‘lgan Qozog‘iston terma jamoasi darvozasini ikki bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Chiroyli kombinasiyalar va gollarga boy o‘tgan uchrashuv yakunida 2:3 hisobi qayd etildi. Yoshlar terma jamoamizdan Abdulboriy Ilyosov hamda Aziz Jaloliddinovlar muvaffaqiyat qozonishdi.

Qo‘shni mamlakatlar yoshlar terma jamoalari o‘rtasida kechgan ushbu o‘rtoqlik uchrashuvlari har ikki tomon uchun ham foydali va manfaatli bo‘ldi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 23:36, 05.05.2026.
O'qildi: 196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик