Saudiya Arabistoni chempionatining 28-turi doirasida «Al-Hilol» safarda «Al-Xalij» jamoasini mag‘lub etdi. Uchrashuv 2:1 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yinning 11-daqiqasida maydon egalari hujumchisi Joshua King hisobni ochdi. 34-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich javob to‘pini kiritib, muvozanatni tikladi. «Al-Hilol»ga g‘alaba keltirgan gol 79-daqiqada Sulton Al-Madash tomonidan urildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Al-Hilol» ochkolari sonini 77 taga yetkazib oldi va chempionat tugashiga 3 tur qolganda peshqadam «An-Nasr» bilan oradagi farqni 2 ochkogacha qisqartirdi. Jamoalarning oldinda o‘zaro o‘yini bor.
«Al-Xalij» esa 37 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog‘onasida qolmoqda.
«AL-XALIJ» — «AL-HILOL» — 1:2
Gollar: Joshua King 11 (1:0), Sergey Milinkovich-Savich 34 (1:1), Sulton Al-Mandash 79 (1:2).
«Al-Xalij»: Mori, Al-Xabrani, Al-Xafit, Reboshu, Asiri (Al-Djayzani, 71), Kanaba (Munshi, 85), Kurbelis, Fernandes (Al-Eyza, 76), Xamzi (Al-Xaibri, 86), Fortunis, King.
«Al-Hilol»: Bunu, Ruben Nevesh, Akchichek (Al-Arbi, 46), Lajami (Al-Tambakti, 83), N. Al-Davsari, Milinkovich-Savich, Kanno, Ernandez, Al-Mandash (Darisi, 84), Markus Leonardu (S. Al-Davsari, 87), Malkom (Benzema, 87).
Ogohlantirishlar: Xamzi (42), Asiri (53), Mori (77) — Akchichek (19), Mandash (83), Markus Leonardu (87).













