Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Simons operatsiya qilindi

Simons operatsiya qilindi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» yarim himoyachisi Xavi Simons o‘ng tizzasidagi xochsimon bog‘lamlar uzilishi tufayli jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.

«Operasiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Sog‘ayish jarayonining har bir bosqichida biz seni qo‘llab-quvvatlab turamiz, Xavi Simons», — deyiladi ingliz klubi matbuot xizmati bergan xabarda.

23 yoshli Simons APLning 34-turi doirasidagi «Vulverxempton»ga qarshi o‘yinda (1:0) oldingi xochsimon bog‘lamlaridan jarohat olgan edi. U uchrashuvning 63-daqiqasida almashtirilib, maydondan zambilda olib chiqib ketilgandi.

Bundan avvalroq niderlandiyalik futbolchining o‘zi ushbu jarohat sabab JCH-2026 musobaqasini o‘tkazib yuborishini ma’lum qilgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Simons «Tottenxem» va «Leypsig» safida jami 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Niderlandiya terma jamoasi safida esa 34 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 5 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 02:10, 06.05.2026.
O'qildi: 212 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик