Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

«Atletiko» 10 yildan buyon YECHL finaliga chiqa olmayapti

«Atletiko» 10 yildan buyon YECHL finaliga chiqa olmayapti

Baho:
+ | -

«Atletiko» o‘n yildan beri Chempionlar ligasi finaliga chiqa olmayapti.

Diyego Simeone boshchiligidagi jamoa yarim finalning javob uchrashuvida safarda «Arsenal»ga imkoniyatni boy berdi (0:1, birinchi o‘yin – 1:1).

Madrid klubi oxirgi marta 2016 yilda ECHL finalida o‘ynagan edi — o‘shanda ular xuddi 2014 yildagidek (1:4) «Real»ga mag‘lub bo‘lishgandi (1:1, penaltilar bo‘yicha – 3:5). Shuningdek, «Atletiko» 1974 yilgi Yevropa chempionlari kubogi finalida ham «Bavariya»ga (0:4) imkoniyatni boy bergan. «Matraschilar» hali biror marta ushbu nufuzli sovrinni qo‘lga kirita olishmagan.

Eslatib o‘tamiz, Simeone jamoani 2011 yildan beri boshqarib kelmoqda. 2016 yilgi finaldan keyin jamoa 2017 yilda yarim finalgacha yetib borgan va o‘shanda ham «Real»ga mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chiqib ketgan edi.

Kiritildi: 02:32, 06.05.2026.
O'qildi: 267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик