Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Xalk Braziliyada jamoasini o‘zgartirdi

Xalk Braziliyada jamoasini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

«Fluminense» klubi o‘zining rasmiy saytida hujumchi Xalk bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Futbolchi o‘tgan haftada «Atletiko Mineyro» bilan amaldagi kelishuvini bekor qilgan edi. 39 yoshli braziliyalik hujumchi 2027 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘ydi.

Yangi o‘yinchi jamoaga qo‘shilish va mashg‘ulotlarni boshlash uchun kelasi hafta boshida Rio-de-Janeyroga yetib keladi. Muxlislar bilan ilk uchrashuv 16 may, shanba kuni Braziliya chempionati doirasidagi «San-Paulu»ga qarshi bahsda, afsonaviy «Marakana» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Xalk 2021 yildan beri «Atletiko Mineyro» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U 311 ta o‘yinda maydonga tushib, 140 ta gol urdi va 56 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u klub bilan Braziliya chempionati, Braziliya Kubogi (ikkalasi ham 2021 yilda), 2022 yilgi Braziliya Superkubogi va ketma-ket besh marta shtat chempionligini (2021–2025) qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 08:46, 06.05.2026.
O'qildi: 402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик