Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Arteta «Arsenal» ichidagi ajoyib muhit haqida gapirdi

Arteta «Arsenal» ichidagi ajoyib muhit haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi o‘z maydonida Madridning «Atletiko» jamoasini yarim final javob uchrashuvida mag‘lub etib (1:0), Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «kanonirlar» 2:1 hisobida ustun kelishdi. Londondagi bahsning 44-daqiqasida Bukayo Saka tomonidan kiritilgan gol jamoaga final yo‘llanmasini taqdim etdi.

«Meni eng ko‘p nima hayratga soladi? Birdamlik, — deydi o‘yindan keyingi intervyuda murabbiy Mikel Arteta. — Bugun kunduzi ba’zi yigitlarga: «Uzr, bugun ham «Fulxem»ga qarshi tushgan tarkib o‘ynaydi», dedim. Javob esa o‘zini uzoq kuttirmadi: «Boss, qachon kerak bo‘lsam, men tayyorman». Keyin esa ular meni quchoqlab qo‘yishdi. Bu murabbiy orzu qilishi mumkin bo‘lgan eng oliy narsadir», — deya so‘zlab berdi ispaniyalik mutaxassis.

Kiritildi: 09:07, 06.05.2026.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик