«Santos» hujumchisi Neymar jamoadoshi Robinyo Junior bilan yuzaga kelgan nizoda haddidan oshganini tan oldi. 34 yoshli futbolchi mashg‘ulot paytida yosh vingerga nisbatan qo‘pol o‘ynagan, keyin esa u norozilik bildirganida, yuziga tarsaki tushirgan edi. Hammasi 18 yoshli o‘yinchining superyulduzni «haddan tashqari jur’at bilan» aldab o‘tganidan boshlangan.
«Bilaman, chegaradan chiqib ketdim. Men allaqachon uzr so‘radim va bu masalani o‘zaro hal qildik deb o‘ylagandim. Futbol o‘ynagan har bir kishi yaxshi biladi — bunaqa holatlar bo‘lib turadi: zarbalar ham, tarsakilar ham, boshqasi ham. Bu futbol, o‘yinning bir qismi.
Hammasi ichkarida hal qilinishi, omma oldiga chiqmasligi kerak edi. Yakunda esa futboldan xabari yo‘q odamlar pashshadan fil yasab, buni hammaga tarqatib yuborishdi. Ikkimiz ham xato qildik, men esa oshirib yubordim, lekin darhol uzr so‘radim», — deya Neymarning so‘zlarini keltiradi The Touchline.













